LIZINGLI INVESTITSIYALASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Abstract
Bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarda lizingli investitsiyalash mexanizmini takomilashtirishning makroiqtisodiy jihatlari tadqiq etilganiga qaramay, lizing kompaniyalari tomonidan investitsiyalashning yangicha mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanmoqda. Jahonda lizingli investitsiyalash mexanizmini takomillashtirishning xududiy jihatlarini tadqiq etishda asosiy kapitalga investitsiyalar ko‘rinishidagi moliyaviy oqimlarni iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirish va lizing bozori sub’ektlari o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish muhimligiga e’tibor qaratilmoqda. Lizing bozorining imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalanish o‘rta muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Not yet translated