Yer yuzasining chegara uzunligini fraktal oʻlchovlar usuli yordamida aniqlash
Abstract
Fraktal shakllarning muhokamasiga kirishishdan oldin, fraktallarning ayrim asosiy xususiyatlarini va tabiiy geografiya sohasiga aloqadorligini bayon qilish kerak. Ma’lumki, fraktallar o‘ta murakkab shakllarga ega bo‘lib, ular fraktal gʻoyalarni va haqiqiy hayotiy dasturlarni tushunish uchun muhim bo‘lgan noyob obyektlardan tashkil topadi. Turli chegara hududlarini fraktal o‘lchov bilan tavsiflanishi mumkin. Biroq tasvir ma’lumotlari cheklangan bo‘lsa, chegaralarning fraktal o‘lchovlarini muntazam ravishda hisoblash birmuncha murakkab. Ammo chegara o‘lchovi ba’zan taqriban hisoblanadi. Ushbu maqola fraktallar nazariyasiga asoslangan tadqiqotlar yordamida chegara o‘lchovlarini hisoblash uchun bir qator amaliy sonli modellarni ishlab chiqishga qaratilgan. Bundan tashqari, chegara o‘lchovi va shakl indekslari hamda masshtablash o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqlarni ko‘rish mumkun.