Skip to main content
Article

O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI YILLARIDA SOG‘LIQNI SAQLASH VA TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATI XUQUQIY ASOSLARINING YARATILISHI VA TAKOMILLASHTIRILISHI

Maftuna AzimovaQo‘qon universiteti o‘qituvchisi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasi va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib borilgan islohatlar, qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqolada tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan M.Mahmudov, G.E.Mo‘minovalar tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lib, mazkur tadqiqotlarda sog‘liqni saqlash va tez tibbiy xizmati sohasining sovetlar hukumronligi davridagi faoliyati o‘rganilgan. R.Mo‘minov, S.Djumanov tomonidan esa soha faoliyatining mustaqillik yillardagi jarayonlari umumiy tarzda tahlil etilgan. Mazkur ishimizda yuqorida sanab o‘tilgan tadqiqotchilarning ishlari muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli biz mazkur tadqiqotda tibbiyot sohasining muhim va asosiy bo‘g‘ini hisoblangan qishloq vrachlik punkti va tez tibbiy yordam hodimlari faoliyatini tadqiq etishni asosiy maqsad etib qo‘ydik. Shuningdek maqolada mustaqillikning dastlabki yillaridagi respublikadagi aholi salomatligining umumiy holatlarini islohatlardan keyingi jarayonlar bilan aniq tahlillar asosida qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek olingan tahlil natijalari asosida tibbiyot sohasi hodimlarining ish samaradorligini oshirishga doir taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references