Skip to main content
Article

TIJORAT BANKLARIDA JISMONIY SHAXSLAR KREDITLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI

ABI

Abstract

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy tayanchi - tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo’lib hisoblanadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda moliya xizmatlari ommabopligini kengayishi hamda davlat dasturlari doirasida aholining keng qatlamiga moliyaviy ko‘maklar berilayotganligi tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kreditlar ajratishning jadallashuviga turtki bo‘ldi. Kreditlar tarkibida uy xo‘jaliklari sektorining kredit faolligi sezilarli tarzda ortib bormoqda. Jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qoldig‘ining oxirgi yillar davomida davomiy ortib borishi, shuningdek ajratilgan kreditlarning YaIMga nisbatan o‘sib borishi aholining qarz yuki darajasi mo‘tadil oshib borayotganligi bilan ifodalanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu sektorda xatarlarning to‘planib borishi va qarzdorlarning moliyaviy holatining yomonlashishi natijasida kelib chiqadigan defolt holatlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada tijorat banklarining jismoniy shaxslar kreditlarini takomillashtirish masalalari ko’rib chiqilib, tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlarning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references