MONETAR REJIMLARINING TURLARI VA O'ZBEKISTONNING INFLYATSION TARGETLASHGA O'TISHI
Abstract
Markaziy bank mamlakatning bank tizimini muhim bo`g`ini hisoblanib, u monetar (pul – kredit) siyosatini yurituvchi asosiy subyektidir. Mamlakatning maqasadi va uni strategiyasidan kelib chiqib Markaziy bank ma`lum monetar rejimini yuritadi. Bunda tanlangan bir ko`rsatkich “nominal langar” yoki maqsadli ko`rsatkich belgilanib unga erishish uchun harakat qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlar “nominal langar” sifatida YaIM, pul massasi, inflyatsiya darajasi, valyuta kursi va boshqa ko`rsatkichlar mo`ljall sifatida qabul qilinadi. Mazkur ilmiy maqolada Markaziy bank tomonidan qanday monetar rejimlarning olib borilishi atroflicha o`rganilib, hozirgi vaqta dunyo mamlakatlari joylashgan hududlar bo`yicha inflyatsiya targetlash rejimiga o`tgan davlatlar va ularning 2023 yilda belgilangan ko`rsatkichlari hamda 2021 yil O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiyani targetlash rejimiga o`tgandan so`ng maqsadli ko`rsatkichga erishish va uning natijalari o`rganildi.
Not yet translated