BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI SPORT MURABBIY ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI
Abstract
Zamonaviy ta’limda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashda sport murabbiylarining roliga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Sport industriyasida isbotlangan texnologiyalar yuqori malakali jismoniy tarbiya mutaxassislarini yеtishtirishda kuchli vosita bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada biz kelajakda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati va ularni amalga oshirishning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash interfaol uslublar orqali shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy mashg‘ulotlarni tashkil qilish, talabalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida faol ishtirokini taminlash kabi masalalar tadqiq еtilgan. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya jarayonida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari sport murabbiylari asosida harakatlarga o‘rgatish va jismoniy mashqlar texnikasini egallashlari vaqtida ta’lim tamoyillari hamda uslublarini to‘g‘ri tashkil etilishni, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish vaqtida yuklamalar keskin ortishi va sakrashga qadar ular stabillashib borilishini nazorat qilib borishni, oliy o‘quv yurtlaridagi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari darslar va mashg‘ulotlarni og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy uslublarda tashkil еtish hamda musobaqa va o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid ma’lumotlar va xulosalar berilgan.
Not yet translated