“BUMERANG” METODINING O‘QUV FAOLIYATDA QO‘LLANILISHI
Abstract
Ushbu maqola ta'lim jarayonida interfaol metodlardan biri bo‘lgan “Bumerang” metodining qo‘llanilishi va uning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta'sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada “Bumerang” metodining nazariy asoslari, uning maqsadlari va o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirishdagi o‘rni haqida batafsil ma'lumot beriladi. “Bumerang” metodi ta'lim jarayonida o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi interaktiv aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, u talabalarni mavzuga qiziqish bilan yondashishga va faol ishtirok etishga undaydi. Metodning asosiy xususiyati shundan iboratki, talabalar savollar orqali o‘zaro muloqot qilishadi va shu tariqa mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishadi. Bu usul talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ularning fikrini ifodalash va himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Not yet translated