O‘ZBEK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARINING PRAGMATIK TAHLILI
Abstract
Frazeologiya – til durdonasidir. Bunda xalqning tarixi, turmushi va madaniyatining o‘ziga xosliklari aks etadi. Frazeologizmlarda xalqning yorqin milliy xususiyatlari mujassam bo‘ladi. Frazeologizmlar chuqur va boy ma’noga ega bo‘lishi bilan bir qatorda nutqqa alohida ko‘rk, estetik mazmun bag‘ishlaydi, uni tilga “bezak” yoki, aksincha, “ortiqcha” deb eskirgan qarash bilan baho berib bo‘lmaydi. Ular, eng avvalo, har qachon xalqning “oltin xazinasi”, “oltin sandig‘i” sifatida o‘sha xalqning tarixi, taraqqiyot yo‘li, madaniy boyliklari milliy an’analari, marosimlari, diniy qarashlari, o‘sha xalq bilan bog‘liq barcha voqealarni jamlovchi, saqlovchi, etkazib beruvchi, “akkumulyativ” funksiyaga ham egadir. Mazkur maqola o‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklar tadqiqi haqida so‘z yuritiladi.
Not yet translated