SOMATIK IFODALAR ORQALI BERILGAN PARALINGVISTIK VOSITALARNING QIYOSIY TADQIQI: “ANOR” HIKOYASI MISOLIDA
Abstract
Ushbu maqola somatik ifodalar orqali berilgan paralingvistik vositalarning o‘zbek va ingliz madaniyatlari orasida qanday farq qilishini tahlil qilishga qaratilgan. Maqola Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasining o‘zbekcha original matni va Shavkat Sattorov tomonidan tarjima qilingan inglizcha variantini qiyosiy tahlil qilish orqali qahramonlarning hissiy holatlari va bu holatlarning somatik ifodalar orqali qanday aks ettirilganligini o‘rganadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek madaniyatida somatik ifodalar hissiy holatlarni aniq va chuqurroq ifodalashda muhim rol o‘ynaydi, inglizcha tarjimada esa bu ifodalar ko‘pincha umumiylashtirilgan va yumshatilgan holda aks ettiriladi. Ushbu maqola paralingvistik vositalarning madaniy kontekstdagi rolini yaxshiroq anglash va tarjima jarayonida madaniy va hissiy tafovutlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi.
Not yet translated