O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI REKLAMA TURLARI HAMDA VAZIFALARI
Abstract
Ushbu maqolada reklama tili bo‘yicha tadqiqot olib borishga harakat qilinib, reklama turlari hamda ularning vazifalari tahlil qilinadi. Reklama tili bir necha xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, u xaridorni ishontirish xususiyatiga ega. Shu tariqa reklamaning qay darajada ishonarli etib tasvirlashda tilning ahamiyatini ko‘rsatish insonda katta qiziqish uyg‘otadi. Ingliz tilini o‘rganuvchilar tilning tabiatini yaxshiroq tushunishlari va reklamaning go‘zalligini qadrlashlari uchun ingliz tilida bosma reklamalar orqali bayon etiladi. Ushbu tadqiqot ishining asosiy maqsadi ingliz tilidagi reklamalarning o‘ziga xos turlari va xususiyatlarini kuzatish, tahlil qilish va tekshirish orqali o‘rganishdir. Ushbu maqolaning obyekti ingliz tilidagi reklamalar, mavzu esa ingliz tilidagi reklamalarning turlari hamda maqsad va vazifalari. Ushbu maqola uning nazariy qismini mustahkamlaydigan bir qancha aniq misollarga asoslanadi.
Not yet translated