Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

ICHKI CHEGARALOVCHI MEMBRANANI SAQLAB QOLISH BILAN IDIOPATIK MAKULA YORIG‘INI JARROHLIK AMALIYOTIDAN KEYINGI DAVOLASHNING KLINIK VA FUNKSIONAL NATIJALARI

A.F. YusupovRespublika ixtisoslashlitirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziX.Sh. XusanbayevRespublika ixtisoslashlitirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziM.Sh. RajabovaRespublika ixtisoslashlitirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziU.Sh. InoyatovRespublika ixtisoslashlitirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziA.Z. MuratovRespublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Advanced Ophthalmologyjournal2024uz
ABI

Abstract

Dolzarbligi. Ushbu ilmiy ish idiopatik makula teshikni (IMT) minimal 500 mikron diametrdan kam bo'lganda jarrohlik davolashda foveolyar ichki chegaralovchi membranasi (IChM)ni saqlash metodologiyasini qo'llash natijalarini yaxshilanganligini ta'minlaydi. Shunday qilib, fovealyar IChMni saqlashning tavsiya etilgan usuli minimal diametri 500 mikrondan kam bo'lgan IMTni jarrohlik davolashda juda samarali ekanligini ko’rsatdi. IChMni olib tashlash bilan jarrohlikning standart texnikasi bilan taqqoslaganda, ushbu usul keng ijobiy yuqori funksional natijalarga erishishga imkon beradi. Tadqiqot мaqsadi. Fovealyar IChMni saqlashni talab qilmaydigan standart texnologiyaga nisbatan minimal diametrli 500 mikrondan kam bo'lgan IMTni jarrohlik davolashda mualliflar tomonidan taklif qilingan fovealyar IChMni saqlash metodologiyasini qo'llash natijalarini baholash. Material va usullar. Tadqiqot uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2023-2024-yillar davomida IMT bilan og’rigan 55ta bemor aniqlangan va davolangan bo’lib, ular 2 guruhga bo'lib o’rganildi: asosiy guruhga fovealyar IChMni saqlash texnikasi yordamida jarrohlik amaliyoti qilingan 23 kishi, (23ta ko'z) va standart texnologiya bo'yicha jarrohlik amaliyoti qilingan nazorat guruhi – 22 kishi, (22ta ko'z). Natijalar va xulosa. Shunday qilib, fovealyaryar IChMni saqlashning tavsiya etilgan usuli minimal diametri 500 mikrondan kam bo'lgan IMTni jarrohlik davolashda juda samarali ekanligini ko’rsatdi. IChMni olib tashlash bilan jarrohlikning standart texnikasi bilan taqqoslaganda, ushbu usul keng ijobiy yuqori funksional natijalarga erishishga imkon beradi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon