“AS-SULTON” OZIQ-OVQAT QO’SHILMASINING YALLIG‘LANISHGA QARSHI FAOLLIKLARINI ANIQLASH
Abstract
Dorivor o’simliklar asosida tayyorlangan o’t pufagi yallig‘lanish kasalligini oldini oluvchi hamda davolovchi “As-Sulton” oziq-ovqat qo’shilmasi ekstraktining yallig‘lanishning har xil komponentlariga ta’siri o‘rganildi. Nazorat hayvonlariga nisbatan 28 mg/kg dozada karragenin kiritilgach “AS-Sulton” oziq-ovqat qo’shilmasi 3 va 24 soat o‘tganidan keyin 32,4 va 63,7 % ko‘rsatkichni tashkil etdi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichi “AS-Sulton” oziq-ovqat qo’shilmasi va Gliserinning yallig‘lanishga qarshi faolliklarini ekssudasiya va proliferatsiyaga qarshi ta'sirlarini baholash imkoniyatlarini beruvchi “paxta granulyoma”si modelida o‘rganildi. Olingan natijalar “AS-Sulton” oziq-ovqat qo’shilmasining ekssudasiya darajasini pasaytirishini ko‘rsatib, ushbu ko‘rsatkich nazoratda 346,0±29,4 mg bo‘lib, “AS-Sulton” oziq-ovqat qo’shilmasining 28 mg/kg dozada 269,1±25,8 mg (p <0,05) qiymatlarni tashkil etdi.
Not yet translated