BURCH VA MAS’ULIYAT TUSHUNCHALARINING TARIXIY-NAZARIY, AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY TALQINI
Abstract
Ushbu maqolada Oila insonning dunyoviy saodatini ta’minlovchi qo‘rg‘on ekanligiga asoslanib, jamiyat hayotining ravnaqi, darajasi, sifati ko‘p hollarda oilaning qay darajada hayotga qobilligida namoyon bo‘lishi izohlab berilgan. Shunga ko‘ra jamiyatdagi norasoliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilaga yoxud oiladagi illatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi asoslab berilgan. Oilada erkak kishining burch va mas’uliyati alohida qayd etilgan. Agar oila halol-pok bo‘lsa, tinch bo‘lsa, jamiyat mustahkam, turmush farovon bo‘lishi ilmiy tarixiy nuqtai-nazardan asoslab berilgan. Burch va mas’uliyat tushunchalar tarixiy, an’anaviy va zamonaviy talqinlari va tahlillariga qiyosiy tarzda yritib berilgan.
Not yet translated