Skip to main content
Article

MEDIA MATNLARINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Sobirova NodirabegimQo‘qon universiteti o‘qituvchisi
ABI

Abstract

Bugungi kunda media matnlar kommunikatsiya jarayonining muhim vositasiga aylangan. Ular axborotni keng auditoriyaga yetkazish bilan birga, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, media matnlarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada media matnlarning kommunikativ vazifalari, kontekstga bog‘liqligi va auditoriyaga ta’siri kabi pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Pragmatika tilshunoslikning bir yo‘nalishi bo‘lib, matnlarning amaliy jihatlariga, ya’ni ular qanday maqsad bilan ishlatilishi va qanday ta’sir ko‘rsatishiga e’tibor qaratadi. Media matnlarida esa pragmatika matn yaratish va uning qabul qilinishi jarayonlarini samarali boshqarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Masalan, yangiliklar, reklama yoki maqolalar turli xil pragmatik maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin: axborot yetkazish, o‘rgatish, ishontirish yoki muayyan harakatga undash.Media matnlarning pragmatik xususiyatlari ularning kontekst bilan bog‘liqligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Kontekst matn mazmunini tushunish va uni to‘g‘ri talqin qilishda asosiy omil hisoblanadi. Misol uchun, bir xil mazmundagi matnlar turli ijtimoiy sharoitlarda turlicha qabul qilinishi mumkin. Shu sababli, jurnalistlar va media mualliflari o‘z matnlarini yaratishda auditoriyaning ehtiyojlari, qadriyatlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olishlari kerak.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references