Skip to main content
Article

MAKTABGACHA TA’LIMDA MEHNAT TARBIYASI: ZAMONAVIY TALABLAR VA ISTIQBOLLAR

Sanginova GulnozaQo‘qon Universiteti Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda bolalarda mehnat tarbiyasini shakllantirishning dolzarbligi, zamonaviy talablari va istiqbollari tahlil qilinadi. Zamonaviy dunyoning talablari va o‘zgarishlari bolalarni mustaqil, mas'uliyatli, ijtimoiy moslashuvchan va ijodiy fikrlaydigan shaxslar sifatida tarbiyalashni talab qiladi. Maqolada STEAM ta’limi, loyihaviy o‘rganish va o‘yinli o‘rganish kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlarning bolalarda mehnatga bo‘lgan qiziqishni, mustaqillikni, jamoaviylikni va ijodiylikni rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, mehnat tarbiyasini shakllantirishda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish, tarbiyachilarning rolini oshirish, mehnatni qiziqarli va jozibador qilish kabi masalalar muhokama qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi o‘qituvchilarga maktabgacha ta’limda mehnat tarbiyasini samarali shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdan iborat.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references