O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI
Abstract
Ushbu ilmiy maqola Oignon modeli (Piyoz modeli) asosida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini tizimli tahlil qilishga qaratilgan. Oignon modeli o‘qituvchilarning shaxsiy, sinf muhitidagi va keng ijtimoiy-tizimli omillar bilan bog‘liq faoliyatini mikro-kontext (ichki qatlam), mezo-kontext (o‘rta qatlam) va makro-kontext (tashqi qatlam) orqali tahlil qilish imkonini beradi. Mikro-kontext o‘qituvchining shaxsiy mahorati, didaktik va metodik ko‘nikmalarini qamrab olib, individual pedagogik faoliyatning samaradorligini o‘rganadi. Mezo-kontext esa ta’lim jarayonining o‘quv muhiti, sinf jamoasi va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qiladi. Makro-kontext yirik miqyosdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy omillarni, jumladan, davlat ta’lim standartlari va global tendentsiyalarni qamrab oladi. Ushbu maqolada Oignon modeli yordamida qatlamlararo uzviy bog‘liqlikni aniqlash va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish uchun strategik yondashuvlar taklif etilgan. Mikro, mezo va makro-kontextlarning o‘zaro ta’siri o‘qituvchi faoliyatining yaxlitligini ta’minlab, ta’lim jarayonining sifatini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mazkur izlanishning ilmiy natijalari ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish uchun muhim nazariy asos yaratadi.
Not yet translated