Skip to main content
Article

O‘ZBEK BADIIY ADABIYOTIDA AYOL OBRAZINING YORITILISHI(PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ASARI MISOLIDA)

Umida AbdullayevaO‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Abstract

Ushbu maqolada asosan o‘zbek badiiy adabiyotida ayol obrazining yoritilishi haqida so‘z boradi. Maqolada Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asaridagi ayol qahramonlarning o‘ziga xos xususiyatlari adabiyotshunoslik hamda tilshunoslik nuqtai nazaridan yoritiladi. Ushbu asar shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘liga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosan Boburning hayotida muhim o‘rin tutgan ayollar, ularning ichki dunyosi, orzu-umidlari haqida so‘z boradi. Asosan ayol obrazlarining asarda yoritilishi, ayollarning nozik masalalar borasidagi fikrlari, og‘ir hamda murakkab davrlarda o‘zlarini tuta bilishlari kabi yorqin jihatlari yanada chuqur tahlil qilinadi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references