Skip to main content
Article

O‘QUVCHILARDA TADBIRKORLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TAVSIFI

G‘ulomjon NABIYEVQarshi davlat universiteti dotsenti, PhD
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada mohiyatiga ko‘ra har bir jarayon o‘z tavsifiga ega bo‘ladi. Ma’lum tavsifiy belgilar o‘rganilayotgan jarayonning boshqalardan farqli jihatlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Qolaversa, o‘rganilayotgan jarayonning tavsifi belgilari uni tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri, oqilona tashkil etilishini ta’minlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni ham o‘zining pedagogik tavsifiga ega. Jarayonning pedagogik tavsifini o‘rganish maqsad va natija o‘rtasidagi birlik, o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashga yordam beradi. Buning oqibati (posledstviye)da kutilayotgan natijaga erishiladi. Maqolada o‘quvchilarda tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik tavsifi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references