“NKMK” AJ “AUMINZO-AMANTOY” KONI OLTIN AJRATISH SEXI TEXNOGEN CHIQINDILARINI TADQIQ QILISH
Abstract
Mazkur ilmiy ish “NKMK” AJ “Auminzo-Amantoy” koni oltin ajratish sexi texnogen chiqindilarini o‘rganish hamda ulardan oltinni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotlar jarayonida namunalar kimyoviy va mineralogik jihatdan tahlil qilindi, ularning tarkibida kvarts, dala shpati, glina-slyuda va sulfat birikmalari mavjudligi aniqlandi. Sorbsiya-sianlash va flotatsiya-kuýdirish-sorbsiya usullari asosida o‘tkazilgan tajribalar natijasida oltin ajralish darajasi optimal texnologik sharoitlarda 79 % gacha yetgani qayd etildi. Ushbu natijalar chiqindilarni qayta ishlash orqali qimmatbaho metallarning iqtisodiy jihatdan foydali hajmda qayta olinishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik yuklamani kamaytirish imkonini beradi.