Skip to main content
Article

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA USTOZ-SHOGIRD G‘OYALARINING MANBAVIY VA MILLIY ASOSLARI

Maftuna MuminovaInternational Islamic Academy of Uzbekistan, Basic doctoral student. A.Kadiri str. 11, 100011, Tashkent
The Maturidiyyajournal2025uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlarida ustoz-shogird g‘oyalarining manbaviy va milliy asoslari masalasi yoritilgan. Buyuk mutafakkir ijodida ustoz va shogird munosabati masalasi bir necha yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishi asoslantirilib, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish masalasida shoirning o‘z shaxsiy hayoti o‘rnak va namuna sifatida keltirilgan. Ustoz va shogird munosabati masalasining asarlarda qo‘llanilishi, g‘azal misralarida ularning jozibador talqin etilishi tahlil qilingan. Xususan, Xamsa dostonida ustoz va shogird munosabati masalasi inson kamolotining muhim omili ekani yoritilgan. Ustoz va shogird munosabatlari yoritilishida shoir yashagan davrga oid qarashlar aks etgan. Alisher Navoiy dostonlarida ustoz va shogird munosabati talqini badiiy tasvir vositalari orqali ifodalanganligi o‘rganilgan. Shuningdek, ustoz va shogird munosabati masalasining zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati misollar yordamida yoritilgan hamda Alisher Navoiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati tahlil etilgan. Anglashiladiki, komillik saboqlari, u xoh ma’naviy, xoh kasbiy sohada bo‘lsin, ustozlarning sobit irodasi, husni xulqi, qat’iyati va bag‘rikengligisiz hamda shogirdlarning qunti, ixlosi, muhabbati, sabri va zehnisiz bugunga qadar yetib kela olmaganidek, kelajakka ham yetib borolmaydi. Zotan, ustoz va shogird xalqalari komillik saboqlarini tashishda uzviy va davomiydir. Ustozlik inson sha’nini ulug‘lovchi yuksak maqom bo‘lsa, shogirdlik shu maqomga yetaklovchi bir yo‘l va shu maqomning ajralmas qismi hamdir. Shu ma’noda ulug‘ Alisher Navoiy o‘z hayoti va ijodi misolida ustoz va shogirdlik an’analariga nechog‘lik yuksak ahamiyat qaratgani haqida so‘z yuritish har zamon uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references