INTERAKTIV H5P KONTENTI VA AN’ANAVIY ELEKTRON O‘QUV MATERIALLARINING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Abstract
Ushbu maqolada interaktiv H5P texnologiyasi asosida yaratilgan o‘quv kontentining didaktik samaradorligi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. An’anaviy elektron o‘quv materiallari (PDF, Power Point, video, testlar va matnli fayllar) bilan solishtirilib, H5P vositalarining konstruktivizm, faol o‘rganish va multimodal ta’lim yondashuvlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan. H5P ning aralash va masofaviy ta’limdagi o‘rni, interaktivlikning o‘quvchilarning motivatsiyasi, bilimni mustahkamlash va o‘z-o‘zini baholash jarayonlariga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada H5P kontentining texnik, metodik va pedagogik afzalliklari bilan birga, mavjud cheklovlar — texnologik infrastrukturaga bog‘liqlik, pedagogik tayyorgarlik va foydalanuvchi motivatsiyasi kabi jihatlar ham ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv kontent o‘qitish sifatini oshirish bilan birga, talabaning o‘z-o‘zini nazorat qilish, mustaqil fikrlash va faol ishtirokini rag‘batlantiradi. Maqola xulosasida esa H5P kontentini ta’limda samarali joriy etish uchun metodik tavsiyalar keltirilgan.
Not yet translated