Skip to main content
Article

MUHYI VA UNGA ZAMONDOSH SHOIRLAR IJODIDA POETIK JANR VA MAZMUN YANGILANISHI: ADABIY-ESTETIK ASOSLAR VA IJTIMOIY-SIYOSIY OMILLAR TAHLILI

Aхadjon MUHAMMADIYEVShahrisabz davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.n
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Abstract

Ushbu maqola Muhyi va unga zamondosh shoirlar ijodida poetik janr va mazmun yangilanishining adabiy-estetik asoslari hamda ijtimoiy-siyosiy omillarini tahlil qiladi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Qo‘qon adabiy muhitida yuz bergan bu jarayon o‘zbek adabiyotida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Maqolada klassik an’analar bilan jadidchilik g‘oyalarining uyg‘unlashuvi, til-uslubdagi yangiliklar va estetik ideallarning o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi. Muhyi, Furqat, Zavqiy va Muqimiy kabi shoirlarning asarlari misolida she’riyatning ijtimoiy-ma’naviy vazifasi kuchaygani, an’anaviy janrlarga yangi mazmun singdirilgani ta’kidlanadi. Natijada, o‘zbek adabiyotida an’ana va yangilik muvofiqlashib, keyingi islohotlar uchun mustahkam zamin yaratilgani xulosa qilinadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references