Skip to main content
Article

MUSIQA TA’LIMIDA AXBOROT MADANIYATI VA MEDIASAVODXONLIKNI O‘RGATISH METODIKASI

Dilafro‘z USMONOVAFergana Regional Center for Pedagogical Excellence
ABI

Abstract

Musiqa ta’limi har doim insonning ijodiy, estetik va madaniy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Bugungi kunda texnologik yangiliklar va raqamli vositalarning rivojlanishi musiqani o‘rganish, yaratish va baholash jarayonlarini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Shu bilan birga, axborot madaniyati va mediasavodxonlikni o‘rgatish talab qilinadigan eng dolzarb sohalardan biriga aylandi. Raqamli texnologiyalar va internet tarmog‘ining keng tarqalishi o‘quvchilarga nafaqat musiqiy bilimlarni olish imkonini yaratadi, balki ularga musiqiy kontentni yaratish, tahlil qilish va tarqatish mas’uliyatini ham yuklaydi. Mazkur ilmiy ishda musiqa ta’limida axborot madaniyati va mediasavodxonlikni o‘rgatishning ahamiyati, metodik yondashuvlar va o‘qituvchi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi, musiqiy ta’lim jarayonida axborot madaniyati va mediasavodxonlikni qanday integratsiyalash va ularni o‘quvchilarda qanday rivojlantirish haqida tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references