IKKI UYLI GAZANDA (URTICA DIOICA L.) O‘SIMLIGINING ANTIRADIKAL FAOLLIGI VA FENOLLI BIRIKMALAR MIQDORI
Shaxobidin Xasanboyevich AbdulloyevAndijan state universityObidjon Shaxabidinovich AbdulloyevTermiz Branch of Tashkent Medical AcademyNozimaxon Ilhomjon qizi Mo'minovaAndijan state university
ABI
Abstract
Quritilgan va maydalangan ikki uyli gazanda (Urtica dioica L.) o‘simligining yer ustki qismini 20 daqiqa davomida ultratovushli vannada 96 % li etanolda ekstraktsiya qilib olingan ekstraktining antiradikal faolligini difenilpikrilgidrazil (DPPH) erkin radikallarini so`ndirish usulida baholandi va fenolli birikmalar (flafanoidlar) miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromagrafiya (YuSSX) metodi bilan aniqlandi. Olingan ekstrakt antiradikal faollik namoyon qilib, uning IC50 ko‘rsatgichi 314,64 mkl hajmni tashkil etdi. Xromatografik analiz quritilgan Urtica dioica L. ning 100 g miqdorida 7.3 mg quertsetin, 6,4 mg rutin, 0,7 mg salitsil kislota va 0.1 mg apigenin flavanoidlari mavjudligi aniqlandi.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 07 references