Skip to main content
Article

“BOBURNOMA” SHARQ VA G‘ARB ADIBLARI ASARLARI UCHUN MUHIM MANBA SIFATIDA

Mohida QODIROVATashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” ga xos muhim adabiy va tarixiy xususiyatlar asrning Sharq va G‘arb adabiyotidagi zamonaviy talqinlari bilan qiyoslab o‘rganilgan. Tadqiqot markazidan “Boburnoma” asari asosida vujudga kelgan ikki roman —o‘zbek adabiyotining durdonalaridan biri — Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” hamda Aleks Rutserfordning ingliz tilida yozilgan “Shimoldan kelgan fotihlar” (“Raiders from North”) asarlari o‘rin egallagan. Ushbu badiiy matnlar asosida “Boburnoma”ning syujet elementlari, adabiy strukturasi va personajlar tizimi, asar mualliflarining tarixiy manbaga yondashuvi, badiiy tafakkur usullari va obraz yaratishdagi estetik mezonlari bilan bog‘liq jihatlar qiyosiy tahlil etilgan. Xususan, har ikki roman kompozitsion tuzilmasining shakllanishida “Boburnoma”dagi voqealar izchilligi va syujet dinamikasining o‘zlashtirish usullariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, asar qahramonlari — Bobur va unga yaqin shaxslarning xarakteri, ularning ichki dunyosi, tarixiy sharoitdagi qaror va harakatlari ikki roman kontekstida solishtirilib, estetik va ideologik yondashuvlar farqlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada, shu tariqa, “Boburnoma”ning nafaqat tarixiy hujjat sifatida, balki xalqaro miqyosdagi adabiy intertekst sifatida tutgan o‘rni tahlil qilingan. Xulosa sifatida, ushbu asarning Sharq va G‘arb adabiy makonlarini bog‘lovchi universal manba ekani asoslab berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references