“ASTIM” OZIQ–OVQAT QO’SHILMASINING O‘TKIR ZAHARLILIK XUSUSIYATINI BAHOLASH
Abstract
Mazkur maqolada shifobaxsh o’simlik komponetlaridan tashkil topgan “ASTIM” oziq-ovqat qo‘shilmasining o‘tkir zaharlash xususiyatlarini baholash uchun olib borilgan tadqiqotlar haqida so‘z yuritilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ushbu qo‘shilma 2000 mg/kg dozada o‘tkazilgan sinovlar davomida hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan, bu esa uning xavfsiz ekanligini ko‘rsatadi. OECD standartlariga asoslanib, "ASTIM" oziq-ovqat qo‘shilmasi zaharli bo‘lmagan moddalarga kiradi va V-sinf (LD50 > 2000 mg/kg) ga mansub. Bu, uning xavfsizligini va organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligini tasdiqlaydi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, “ASTIM” oziq-ovqat qo‘shilmasi, oshqozon ichak yallig‘lanish kasalliklarini davolashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi, xavfsiz va samarali oziq-ovqat qo’shilmasi sifatida tavsiya etiladi.
Not yet translated