Skip to main content
Article

ZAMONAVIY DAVR O'ZBEK SHE'RIYATIDA AN'ANAVIY G'OYALARNI NOAN'ANAVIY USLUBDA YETKAZIB BERISH (SHODMONQUL SALOM YOZIQLARIDAGI VATANPARVARLIK G'OYASI MISOLIDA)

Ismigul SobirovaQo'qon DU Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati vakillaridan biri Shodmonqul Salomning ijodida vatanparvarlik g‘oyasining badiiy talqini tahlil etiladi. Shoir an’anaviy mavzuni — Vatanga muhabbat, xalqga sadoqat tuyg'ularini o'zgacha uslubda ifodalaydi. Ushbu tadqiqot vatanparvarlik g'oyasining zamonaviy she'riyatda yangicha poetik talqini estetik zavq berishi bilan bir qatorda doimiy ravishda dolzarb hisoblangan masalalardan biri—yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ham ahamiyatli ekanligini namoyon qiladi. Tadqiqot davomida zamonaviy davr she'riyatida an'anaviy g'oyalarni noan'anaviy uslubda yetkazib berish Shodmonqul Salom she'rlaridagi vatanparvarlik g'oyasi misolida sotsiologik, tarixiy-madaniy, struktural hamda stilistik tahlil metodlaridan foydalangan holda tahlil qilinadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references