Skip to main content
Article

JURNALISTIK SURISHTIRUV O‘TKAZISHDA JURNALIST VA AXBOROT MANBASI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MUAMMOLARI

Hamida MIRSULTONOVAMalika JAHONOVAJournalism and Mass Communications of Uzbekistan
ABI

Abstract

Mazkur maqolada jurnalistik surishtiruv o‘tkazishning o‘ziga xosligi, axborot to‘plash jarayonida jurnalist va axborot manbasi xavfsizligini ta’minlash muammolari tizimli tahlil qilindi. Jurnalist va manba bilan yuzaga keluvchi asosiy xavf turlari: jismoniy, huquqiy, psixologik va raqamli xavfsizlik masalalari amaliyot bilan bog‘liq tarzda o‘rganilib, mavjud global tahdidlar tasniflanadi. UNESCO, “Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi” (Committee to Protect Journalists, CPJ), “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders, RSF) va ARTICLE 19 (19-modda tashkiloti) kabi xalqaro tashkilotlarning amaliy tavsiyalari hamda xalqaro standartlarga asoslangan himoya mexanizmlari o‘rganildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston milliy qonunchiligida jurnalist va axborot manbasi xavfsizligini ta’minlashga oid mavjud huquqiy asoslar va ularning xalqaro standartlarga mosligi amaliy misollar yordamida tahlil qilindi. Xulosa qismida jurnalist va axborot manbalarining kompleks himoyasini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalar uyg‘unlashtirilgan yechimlar taklif etiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references