LOSS AND GRIEF AS EXPRESSED THROUGH FLOWERS IN ENGLISH LITERATURE (BASED ON SHAKESPEARE’S WORKS)
Abstract
Maqolada ingliz adabiyotida o‘lim va yo‘qotish motivlarining badiiy ifodasida gul va o‘simlik obrazlarining semantik va madaniy-funksional o‘rni lingvopoetik jihatdan tadqiq etildi. U. Shekspirning “Hamlet”, “Otello” va “Romeo va Julietta” kabi mashhur tragediyalaridagi ramziy obrazlar tahlil qilinib, gullar va o‘simliklar orqali qahramonlarning ruhiy iztiroblari, motam va xotira kayfiyatlari, hayotning o‘tkinchiligi hamda insoniy tuyg‘ularning murakkab psixologik qatlamlari ochib berildi. Solishtirma-tahliliy metod asosida ushbu asarlarda uchraydigan gul ramzlari poetik funksiyasi, ularning madaniy-kontekstual ildizlari va estetik qiymati o‘rganildi. Xususan, “Hamlet”dagi Ofeliya timsolining ruhiy tanazzuli jarayonida tarqatilgan xayoliy gullar, “Otello”dagi Dezdemona kuylagan “Tol qo‘shig‘i”, shuningdek, “Romeo va Julietta” tragediyasida to‘y va motam sahnalarining gul obrazlari bilan uyg‘unlashuvi batafsil yoritildi. Maqola Shekspir ijodidagi tabiat obrazlarining ma’nodoshlik tizimi va ularning dramatik voqealar bilan semantik uyg‘unligini ilmiy asosda ochib berdi. Tadqiqot natijalari Shekspir poetikasida gul va o‘simlik ramzlarining badiiy-falsafiy ahamiyatini kengroq anglash, ularni lingvokulturologik kontekstda tahlil qilish, shuningdek, ingliz adabiyotida ramziy obrazlarning estetik va madaniy funksiyalarini o‘rganishga hamda keyingi ilmiy izlanishlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.