31-year epidemiological details on the prevalence, development, and identification characteristics of arterial hypertension phenotypes in the unorganized elderly and senile population
Abstract
Arterial gipertenziya, gipertoniya kasalligi, gipertoniya holati, gipertonik kriz va ular bilan bog‘liq gipertonik kontinuum kabilar sog‘liqni saqlash tizimini muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy muammolaridan biri bo‘lib, “…dunyo bo‘ylab aholining barcha guruhlari ushbu pandemiya bilan xastalanmoqda…” . Gipertenziya oldi holati/arterial gipertoniya va yurak-qon tomir tizimining remodellanishi orasida bevosita yoki bilvosita (ularning xatar omillari orqali) o‘zaro bog‘liqlik klinik va eksperimental tadqiqotlarda isbotlangan. O‘zbekistonda aholiga sifatli kardiologik tibbiy xizmat ko‘rsatish tubdan yaxshilandi, yurak-qon tomir kasalliklarni va gipertenziya oldi holatini samarali davolashning zamonaviy usullari tatbiq etilmoqda. Ammo sog‘liqni saqlashda amalga oshirilgan aniq chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi kunda, jumladan, profilaktik kardiologiya/gipertenziologiya sohasida o‘z yechimini hududlar ko‘lamida kutayotgan dolzarb va muammoli masalalar mavjud. Xalqaro miqyosida arterial gipertoniyaning kelib chiqishi va epidemiologiyasi, mintaqaviy shakllanishini turli aholi guruhlarida chuqurroq prospektiv tadqiqotlarda o‘rganish, shuningdek, uning rivojlanish mexanizmida xatar omillarning tutgan o‘rnini aniqlashga/ajratishga qaratilgan maqsadli ilmiy ishlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Bunday tadqiqotlar, avvalo, gipertenziv holatlarda kasallikning kelib chiqish omillarni keng tahlil qilish, uning erta bosqichida aniqlanishida ko‘plab xatar omillarini preventiv-tashxisiy ahamiyatini isbotlab berish yoki umumiy va hududiy xatar omillar va gipertenziv holatlarning epidemiologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqni baholash kabi muhim tibbiy profilaktik va farmakoterapevtik yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shu bilan birga, umumiy epidemiologik qonuniyatlar va xatar omillari asosida yangi mintaqaviy ahamiyatli va samarali preventiv tashxis usullarini joriy etish, gipertenziv holatlarni erta aniqlash va uni davolash/nazorat qilishda individual (hududiy) yondashuvlarni o‘zgartirib rivojlantirish borasidagi izlanishlar muhim ahamiyat kasb etadi.