XOJAKUL VA PORLITAU FOSFORITLARINING MINERALOGIK TARKIBIDA TEMIR MINERALLARINI O‘RGANISH
Abstract
Ushbu ishda Qoraqalpog‘istonning Xojaqul va Porlitau fosforitlari mineralogik tarkibidagi temir minerallari o‘rganildi hamda ularning fosforning agroximik qiymatiga ta’siri tahlil qilindi. Bunda har ikki kon fosforitlarida fosfat minerallari (frankolit va kurskit) bilan birga temir birikmalari ham aniqlandi. Jumladan, Xojaqul fosforitlarida limonit (2,78%), getit (0,86%) va pirit (0,84%), Porlitau fosforitlarida esa limonit (2,93%) va getit (0,89%) mavjudligi ko‘rsatildi. Ushbu minerallar fosforning suvda eriydigan shaklga o‘tishini cheklab, o‘g‘it sifatidagi agroximik samaradorligini pasaytiradi. Shu sababli, fosforitlarni qayta ishlash jarayonida temir minerallarini selektiv ajratish texnologiyalarini joriy etish zarurligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari temirni ajratish usullarini tanlash va fosforit asosida yuqori qiymatli fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishni optimallashtirish uchun muhim ilmiy asos yaratadi.