Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

MATERIALLARNI PAYVANDLASH JARAYONIDA OLDINDAN QIZDIRISH (PREHEAT) VA PAYVANDDAN KEYINGI ISSIQLIK BILAN ISHLOV (PWHT) BERISH USULLARINING ILMIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

Salohiddin Turamuradovich Azimov“O‘zbekiston GTL” MChJGanisher Baxtiyorovich RaximovKarshi State Technical UniversityFirdavsiy BurоnоvKarshi State Technical University
ABI

Abstract

Materiallarni payvandlash jarayonida oldindan qizdirish (preheat) va payvanddan keyingi issiqlik bilan ishlov berish (PWHT – Post Weld Heat Treatment) texnologiyalarining ilmiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Oldindan qizdirish jarayonining asosiy vazifasi – issiqlik ta’siridagi zonada nojo‘ya strukturalarning hosil bo‘lishini cheklash, vodorod yoriqlarining oldini olish va termik stresslarni kamaytirishdan iboratligi asoslab berilgan. Payvanddan keyingi issiqlik bilan ishlov berish esa payvand chokida yuzaga keladigan ichki kuchlanishlarni bartaraf etish, mikrostrukturani barqarorlashtirish va mexanik xossalarni yaxshilashga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur usullarni ilmiy asoslangan holda qo‘llash natijasida payvand birikmalarining mustahkamligi va xizmat muddati sezilarli darajada oshadi. Shuningdek, energetika, neft-gaz, mashinasozlik va boshqa sanoat sohalarida bu usullarni qo‘llashning amaliy samaradorligi yoritilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 02 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon