Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

Ayollar reproduktiv a’zolari xavfli o‘smalari ustidan epidemiologik nazorat o‘tkazish

Gulchexra MadenbayevaTayanch doktorant, Epidemiolgiya kafedrasi, Toshkent davlat tibbiyot universitetiGulbahor MatnazarovaTibbiyot fanlari doktori, professor, Epidemiolgiya kafedrasi, Toshkent davlat tibbiyot universitetiNargiza SaidkasimovaPhD, dotsent, Epidemiolgiya kafedrasi, Toshkent davlat tibbiyot universitetiNilufar XamzayevaPhD, katta o‘qituvchi, Epidemiolgiya kafedrasi, Toshkent davlat tibbiyot universitetiMalika KurbaniyazovaAssistent, Epidemiolgiya kafedrasi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti
ABI

Abstract

Ayollar reproduktiv tizimi o‘smalari — sut bezi, bachadon bo‘yni, bachadon tanasi va tuxumdon saratonlari — global miqyosda ayollar salomatligi uchun eng katta muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2020-yilda bachadon bo‘yni saratonini jamoat salomatligi muammosi sifatida bartaraf etish strategiyasini qabul qildi; unda 2030-yilgacha HPVga qarshi emlashni kengaytirish, skrining qamrovini oshirish va vaqtida davolashni ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan [1]. Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi (IARC)ning Global Cancer Observatory: Cancer Today platformasi esa mamlakatlar kesimida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini taqqoslash, profilaktika va skrining siyosatini dalillash uchun asosiy epidemiologik manba hisoblanadi [2]. GLOBOCAN 2020 ma’lumotlariga ko‘ra, sut bezi saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan malign neoplaziya bo‘lib, 2020-yilda 2,3 mln.dan ortiq yangi holat qayd etilgan; reproduktiv tizimning boshqa o‘smalari ham sezilarli epidemiologik yukni shakllantiradi [3]. 2018-yildagi global baholashlar bilan taqqoslaganda, 2020-yil hisobotlari incidens va mortalitetdagi o‘sish dinamikasini tasdiqlaydi, bu esa demografik qarish, semirish, tug‘ish yoshining kechikishi, gormonal va atrof-muhit omillarining majmuaviy ta’siri bilan izohlanadi [4]. Yevropaning 40 ta mamlakati bo‘yicha 2020-yil yuklamasi tahlillari skrining dasturlari rivojlangan hududlarda mortalitet pastroq ekanini, ya’ni tizimli erta aniqlash choralari samaradorligini ko‘rsatadi [5]. AQSH bo‘yicha 2022-yildagi saraton statistikasi ham kasalliklarning muayyan ulushi (taxminan uchdan bir–yarimgacha) modifikatsiya qilinadigan xavf omillari hisobiga kamaytirilishi mumkinligini ta’kidlaydi [6]. Ayniqsa bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha HPV-patogenezga yo‘naltirilgan profilaktika va skrining kombinatsiyasi incidens va mortalitetni izchil pasaytiradi [7]. Aholi turmush tarzi bilan bog‘liq omillar — chekish, alkogol iste’moli, ovqatlanish va jismoniy faollik yetishmasligi — ko‘plab mamlakatlarda onkologik muammoning muhim qismini tashkil etadi. Buyuk Britaniya bo‘yicha baholar shuni ko‘rsatadiki, profilaktik aralashuvlar orqali salmoqli ulushning oldini olish mumkin [8]. Mintaqaviy va mamlakat darajasidagi kuzatuvlar esa hududiy tafovutlarni ochib beradi: Rossiyada 2018-yilda e’lon qilingan tahlillar ayollar reproduktiv organlari o‘smalari incidensining o‘sishi va struktura o‘zgarishlarini ko‘rsatgan [9]; Sibir va Uzoq Sharq federal okruglari bo‘yicha ko‘rsatkichlar ekologik yuklama va tibbiy infratuzilma imkoniyatlari bilan kesishuvchi hududiy farqlarni yoritadi [10]. Markaziy Osiyo hududida Tojikiston (respublika onkologik markazi ma’lumotlari) bo‘yicha ijtimoiy-demografik omillar, tug‘ilish ko‘rsatkichlari va tibbiy yordamga murojaat qilish holati kasallanish strukturasiga sezilarli ta’sir qilishi qayd etilgan [11]; Qirg‘izistonda esa 10 yil ichida ayollar reproduktiv tizimi o‘smalari holati 1,4 baravar ortib, kech bosqichda aniqlanish ulushi yuqoriligicha qolayotgani qayd etilgan [12].

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon