Tibbiyot chiqindilarini boshqarish tizimini takomillashtirishning huquqiy va iqtisodiy muammolari
Abstract
Maqola tibbiyot chiqindilarini boshqarish tizimini takomillashtirishdagi huquqiy va iqtisodiy muammolarni tahlil qiladi. Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va aholi salomatligi uchun katta xavf tug‘dirishi sababli ularni samarali boshqarish muhim ahamiyatga ega. Maqolada amaldagi qonunchilik va normalarning yetishmasligi, nazorat mexanizmlaridagi kamchiliklar, shuningdek tibbiyot muassasalarida chiqindi boshqarishdagi iqtisodiy qiyinchiliklar, mablag‘ yo‘qligi va investisiya yetishmasligi kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, samarali tizimni joriy qilish yo‘llari va iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari ham taklif etiladi. Maqola sohadagi muammolarni aniqlaydi va ularni hal qilish uchun huquqiy hamda iqtisodiy chora-tadbirlarni birgalikda qo‘llashning ahamiyatini ta’kidlaydi.