Perimenopauza davridagi bachadon miomasi bo‘lgan ayollarda hayz funksiyasining xususiyatlari va uning buzilish turlari
Abstract
Bachadon miomasi butun dunyo bo‘ylab‘ millionlab ayollarga ta’sir qilib, bu perimenopozal ayollarning 35-40% ni tashkil etadi. Bemorlarning ~30% da bachadon miomasi giperpolimenoreya, algomenoreya va bachadondan anormal qon ketishiga olib keladi va bemorlarning yarmidan ko‘pi og‘ir hayzli qon ketish, tosda og‘riq yoki bepushtlik kabi alomatlarga duchor bo‘lishadi. Perimenopozdan tashqarida sodir bo‘lgan eng muhim o‘zgarishlardan biri ayolning hayz davri o‘zgarishidir. Sikllar tartibsiz bo‘lib qoladi, ya’ni hayz ko‘rish tajribasi sezilarli darajada kamroq yoqimli bo‘lishi mumkin. Ba’zida hayz ko‘rish to‘xtashi yoki og‘irlashishi va og‘riqli bo‘lishi mumkin. Bu odatda gipomenoreya, gipermenoreya va amenoreya kabi holatlar bilan namoyon bo‘ladi. Perimenopozda yuzaga keladigan gormonal o‘zgarishlar har bir ayolda o‘ziga xos kechishi mumkin. Ba’zi hollarda tanadagi estrogen va progesteron darajasining o‘zgarishi ayollarning gormonal uzilishlariga qarab turli xil oqibatlarga olib kelishi mumkin. Statistikaga ko‘ra, uzoq muddatda ayollarda perimenopoz 3 yildan 10 yilgacha davom etishi mumkin. Biroq ko‘pincha bu muddat taxminan 4 yil davom etadi. Maqsad: Bachadon miomasi bilan perimenopozal ayollarda hayz ko‘rish funksiyasi xususiyatlarini va uning buzilishlarini tahlil qilish. Materiallar va usullar: Tadqiqotda 105 nafar: bachadon miomasi bilan og‘rigan 50 nafar perimenopauza yoshidagi bachadon embolizatsiyasi qilingan ayollar (I guruh), konservativ davodan o‘tgan bachadon miomasi bilan og‘rigan 30 nafar perimenopauza yoshidagi ayollar (II guruh) va 25 nafar sog‘lom ayol (nazorat guruhi) ishtirok etdi. Bemorlarga ikki tomonlama superselektiv bachadon arteriyasi embolizatsiyasi o‘tkazildi ( Emposphere 300-500 (1), PVA 500-710 (2). Konservativ davo gormonal terapiya edi. Natijalar: 2–guruhda algomenoreya 1-guruhga qaraganda 1.4 marta ko‘p kuzatilgan. Giperpolimenoreya deyarli teng miqdorda (mos ravishda 30% va 30 %) sodir bo‘lgan. 1- guruhda va 2- guruhimizda giperpolimenoreya teng miqdorda uchragan. 1- guruh bemorlarimiz BAQK 2–guruhga nisbatan ko‘proq shikoyat qilishgan. Xulosa: Davolanishdan so‘ng hayz davrining buzilishini qiyosiy tahlil qilish 1-guruhdagi perimenopauza yoshidagi bachadon miomasi bo‘lgan ayollar, ya’ni embolizatsiya qilingan ayollarda 2-guruhdagi konservativ davo olgan ayollarga nisbatan sezilarli farqlarni ko‘rsatdi. Bachadon arteriyasi embolizasiyasi (BAE) - bu eng zamonaviy va minimal invaziv va organ saqlovchi tibbiy muolajaedura bo‘lib, bachadon miomalarini davolashda qo‘llaniladi. Ushbu prosedura minimal invaziv bo‘lib, katta jarrohlik izlari yoki operatsiyalarga ehtiyoj yo‘q. Kamroq qon yo‘qotish, qisqa muddatli tiklanish va kasalxonada qisqa muddat qolish kabi afzalliklarga ega. BAE amaliyotidan keyin miomaning qon bilan ta’minlanishi UTT doppler yordamida dinamik tekshiriladi.