Skip to main content
Article

KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA KOXLEAR IMPLANT PROTSESSORINI SOZLASH VA ESHITISHNI QABUL QILISH

Shahnoza BobomurodovaSamarqand Kimyo xalqaro universiteti Logopediya yo‘nalishi magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada kichik yoshdagi, erta va kech kar bo‘lgan bolalarda koxlear implant protsessorini sozlash jarayonining audiologik va pedagogik xususiyatlari tahlil qilindi. Sozlashning dastlabki bosqichlarida bolalarning eshituv tajribasi yetarli bo‘lmagani va o‘z hissiyotlarini ifoda eta olmasligi sababli yuzaga keladigan qiyinchiliklar yoritildi. Shartli va shartsiz reflektor reaksiyalar yordamida minimal va maksimal qulay stimulyatsiya darajalarini aniqlash usullari tavsiflandi. Maqolada tovushlarni bor-yo‘qligi bo‘yicha farqlash, tovush balandligini ajratish, so‘z, gap va nonutqiy tovushlarni tanish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish tamoyillari ochib berildi. Audiolog, ota-ona va pedagog o‘rtasidagi hamkorlikning koxlear implantni optimal sozlash hamda eshituv qabulini shakllantirishdagi hal qiluvchi o‘rni ta’kidlandi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references