Skip to main content
Article

O‘ZBEKISTONDA VISMUT ISHLAB CHIQARISH XOMASHYO BAZASI VA ULARDAN VISMUTNI AJRATIB OLISH IMKONIYATLARINI TADQIQ QILISH

Abdirashid Saliyevich Xasanov“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJUchqun Xudaynazaro‘g‘li EshonqulovKarshi State Technical UniversityXamza Abdurashidovich Saipov“O‘zbekgeologiyaqidiruv” Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasiUlug‘bek Abdirashidovich Xasanov“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
ABI

Abstract

Ushbu maqolada tabiiy va texnogen manbalardan vismut (Bi) olish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy obyekti sifatida Toshkent viloyatidagi Ustarasoy koni hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda hosil bo‘ladigan qo‘rg‘oshin–vismutli shlamlar o‘rganildi. Ustarasoy koni yuqori devon davrining karbonat-alevrolitli jinslari orasida shakllangan vismut–arsenopiritli gidrotermal tomir-metasomatik shakllanish turiga mansub bo‘lib, u yerda vismutin, kobellit, kozalit, vismutotintinaït va boshqa vismutli minerallar aniqlangan. “Olmaliq KMK”da mis eritish jarayonida hosil bo‘lgan qo‘rg‘oshin–vismutli shlamlarda Bi miqdori 0,19–2,0% gacha, konvertor changlarida esa 0,5–1,0% gacha aniqlangan. Shlamlardagi PbSO₄ ni eritish uchun NaCl eritmasidan foydalanish bo‘yicha tajribalar natijasida 95°C da va 300 g/l kontsentratsiyada qo‘rg‘oshinning eritmaga o‘tish darajasi 85,3% ni tashkil etgani aniqlandi. Natijada vismutning konsentratsiyasi ikki baravar ortgan, qimmatbaho metallarning (Au, Ag) boyitilishi esa samarali kechgan. Tadqiqotlar vismutni ikkilamchi manbalardan qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos yaratadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references