Don mahsulotlari namligini aniqlashda zamonaviy o'lchash vositalarining metrologik baholanishi
Abstract
Don va don mahsulotlarining namligi sifat ko‘rsatkichlari hamda saqlash, qayta ishlash va savdo jarayonlarida muhim me’yor hisoblanadi. Namlik nazorati mahsulotning biologik faolligini belgilaydi: 14 % dan yuqori namlikda hasharot va zamburug‘lar tez ko‘payadi, 15–18,5 % oralig‘ida qo‘ziqorinlar faol rivojlanadi, 20 % dan yuqori namlikda esa bakteriyalar o‘sishi kuchayadi. Shuning uchun namlikni aniq o‘lchash ham mahsulotni xavfsiz saqlash, ham iqtisodiy baholash uchun zarur. Ushbu tezis don mahsulotlari namligini aniqlashda qo‘llaniladigan an’anaviy (gravitatsion, distillyatsion va Karl Fisher titrasyonu) va zamonaviy (elektr qarshilik, dielektrik, mikroto‘lqin, magnit va yaqin infraqizil) usullarning metrologik xususiyatlarini tahlil qiladi va eng yangi qurilmalarning ustunliklarini o‘rganadi. Tavsif etilgan usullar o‘lchov aniqligi, xatolik, qaytarilish, foydalanish shartlari va kalibrlashga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha taqqoslanadi, hamda amaliy tadqiqot natijalariga asoslangan xulosa va tavsiyalar beriladi.