Agrosanoat mahsulotlarining (donning) namligini nazorat qilish va metrologik ta'minoti
Abstract
Ushbu ilmiy maqola Science of Subjects Repository (SSRepozitoriya.uz) tomonidan e’lon qilinmoqda. Maqolada don mahsulotlarining namlik darajasi, saqlanish muddati, ozuqaviy sifat va bozor qiymatiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda quritish, distillatsiya, Karl Fisher titrlash, elektr (rezistiv va kapasitiv), yaqin infraqizil (NIR) va mikroto‘lqinli usullar o‘rganilib, ularning metrologik xatoliklari va aniqlik darajalari tahlil qilindi. Shuningdek, Federal Grain Inspection Service (FGIS) tomonidan tasdiqlangan DICKEYJOHN GAC 2500UGMA va Perten AM 5200A qurilmalarining texnik imkoniyatlari solishtirildi.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, UGMA algoritmi asosidagi qurilmalar havoda quritish usuliga nisbatan ±2 % xato diapazonida ishlaydi. Maqola yakunida O‘zbekistonda metrologik ta’minotni raqamlashtirish, kalibrlash zanjirini yaratish va milliy nazorat tizimini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Not yet translated