Skip to main content
Article

DON NAMLIGINI NAZORAT QILISHDA METROLOGIK TA'MINOT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI

Science of subjects International Online Repository of Scientific ArticlesMurodova Sarvinoz Faxriddin qiziTashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers National Research University (TIIAME NRU), Department of Metrology and Standardization Laboratory
ABI

Abstract

Don mahsulotlarining namlik darajasi ularning saqlanishi, ishlov berilishi va bozorda baholanishiga bevosita ta’sir qiladi. An'anaviy quritish yoki massasi yoʻqotilishi usullariga asoslangan namlik oʻlchovlari ko‘p mehnat talab qiladi hamda real vaqtda nazorat qilish uchun mos emas. Zamonaviy dielektrik va infraqizil nam oʻlchov vositalari bilan oʻlchash qulayroq boʻlsa-da, ularning kalibrlanishi va aniqligi metrologik ta'minot tizimining holatiga bogʻliq. Ushbu tezisda don namligini nazorat qilishda metrologik ta'minot tizimining ilmiy, normativ, texnik va tashkiliy asoslari tahlil qilinib, ularni takomillashtirish yoʻllari taklif etiladi. Takliflar orasida noan'anaviy (dielektrik, infraqizil va mikrotoʻlqinli) o‘lchov usullarini metrologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, referent namlik standartlari va kalibrlash namunalarining izchillik zanjirini tashkil etish, o‘lchash vositalarini raqamli kalibrlash modullari bilan jihozlash, hamda mintaqaviy metrologik laboratoriyalarni kuchaytirish kabi chora‑tadbirlar bor. Natijada don savdosida tenglikni ta’minlash, saqlash jarayonlarida energetik va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish hamda sifat nazorati samaradorligini oshirish maqsad qilingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references