BOLALAR TIBBIY PSIXOLOGIYASI KLINIKASIDA DAVOLASH CHORALARI
Abstract
Ushbu maqolada bolalar tibbiy psixologiyasi klinikasida qo‘llaniladigan zamonaviy davolash choralari, ularning psixologik va fiziologik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqolada bolalarda uchraydigan psixosomatik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlashda psixodiagnostik metodlarning roli hamda psixoterapevtik yondashuvlarning samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, klinik amaliyotda qo‘llanilayotgan individual va guruhiy psixoterapiya usullari, o‘yin terapiyasi, art-terapiya, kognitiv-behavioral terapiya kabi yo‘nalishlarning ijobiy natijalari misollar orqali tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari bolalar ruhiy salomatligini tiklashda kompleks yondashuvning — tibbiy, psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya choralarini uyg‘unlashtirishning — muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.