Skip to main content
Article

SUG'URTA SOHASINI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Nomozova Qumri Isoyevna,Rahmatullayeva Muslima Xurshid qiziO'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professori,O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
ABI

Abstract

So‘nggi o‘n yilliklarda iqtisodiy globallashuv va raqamlashtirish jarayonlari sug‘urta bozorining mazmun-mohiyatini tubdan o‘zgartirib, uni moliya tizimining eng muhim strategik yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili (Big Data), blokcheyn va “Internet narsalar” (IoT) tizimlarining keng joriy etilishi sug‘urta xizmatlarini samarador, shaffof va mijozga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etish imkonini bermoqda. O‘zbekiston sug‘urta bozorining raqamli transformatsiyasi esa nafaqat ichki boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va risklarni aniq prognozlashni ta’minlaydi, balki global moliya tizimiga integratsiyani jadallashtiradi hamda mamlakatning iqtisodiy barqarorligiga hissa qo‘shadi. Mazkur tadqiqotda raqamlashtirishning sug‘urta bozoriga ta’siri, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarining takomillashtirilgan modeli, shuningdek, milliy sug‘urta tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda transformatsiya qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references