KORXONALAR IQTISODIY NOCHORLIGINI BAHOLASH VA TAHLIL QILISH YO'NALISHLARI
Abstract
Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi (bankroti)ni baholash va tahlil qilish yo‘nalishlari ilmiy asosda o‘rganilgan. Korxonalar moliyaviy barqarorligini aniqlash, ularning to‘lovga layoqatsizlik darajasini baholash hamda bankrotlik holatiga olib keluvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, iqtisodiy nochorlikni oldini olishda zamonaviy moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimi, likvidlik va rentabellik koeffitsiyentlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Maqolada xorijiy va milliy tajribalar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularni bankrotlik xavfidan himoyalashda qo‘llanishi mumkin.