TA'LIM JARAYONIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy tahlil qilingan. Maqolada sun’iy intellekt tizimlarining o‘quv jarayoniga ta’siri, ularning o‘quvchilarning individual o‘zlashtirish darajasini aniqlash, avtomatik baholash, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish va o‘qituvchiga yordamchi vosita sifatidagi funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish, texnik infratuzilmani takomillashtirish hamda AI texnologiyalarini mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.