O'ZBEKISTON SANOAT KORXONALARIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI BAHOLASHNING INNOVATSION USULLARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholashda innovatsion yondashuvlar va raqamli tahlil usullarini qo‘llash zarurati tahlil qilingan. Tadqiqotda an’anaviy moliyaviy baholash ko‘rsatkichlari (likvidlik, rentabellik, qarzdorlik, kapital tuzilmasi) bilan bir qatorda, sun’iy intellekt asosidagi prognozlash, ESG (Environmental, Social, Governance) indikatorlari hamda raqamli stress-test modellarining amaliy samarasi o‘rganilgan. 2019–2024-yillar oralig‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zeltexsanoat” kabi yirik sanoat korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, innovatsion baholash usullari an’anaviy yondashuvlarga nisbatan yuqori aniqlik va barqarorlikni ta’minlashi isbotlangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sanoat korxonalarida integratsiyalashgan moliyaviy baholash modelini joriy etish, raqamli tahlil va sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.