SANOAT KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASH STRATEGIYALARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash strategiyalari tizimli tahlil qilinib, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati misolida amaliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida korxonaning moliyaviy holati, kapital tuzilmasi, rentabellik darajasi hamda qarzdorlik ko‘rsatkichlari 2019–2024-yillar kesimida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, korxonada o‘z mablag‘lar ulushi oshib borayotgan bo‘lsa-da, qarz yuklamasi hali ham yuqori darajada saqlanmoqda. Shu asosda muallif tomonidan moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning besh asosiy strategiyasi — kapitalni optimallashtirish, qarzdorlikni kamaytirish, diversifikatsiyani kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va “yashil energetika” loyihalariga sarmoya kiritish taklif etilgan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish hamda uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashga amaliy asos hosil qiladi.