Skip to main content
Article

Bir tilda o'ylab, boshqasida his qilish: ko'ptillilikning ruhiy sirlaridan biri

Khudayqulova, MadinaSamarkand State Institute of Foreign Languages
ABI

Abstract

Ushbu maqolada ko‘ptillilikning inson psixologiyasi va hissiy dunyosiga ta’siri tahlil qilingan. Muallif til va his-tuyg‘ular o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni ochib beradi hamda har bir til inson ongida alohida “shaxsiy niqob” sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bir necha tilni bilgan insonlar turli tilda so‘zlashganda ularning hissiy reaktsiyalari, so‘z tanlovi, ohangi va dunyoqarashi o‘zgaradi. Maqolada miyaning kod almashtirish (code-switching) jarayoni, ko‘ptillilikning shaxsiyatga ta’siri va madaniyat bilan bog‘liq hissiy kodlar tahlil qilinadi. Xususan, ingliz, o‘zbek, fransuz, rus va yapon tillarining his-tuyg‘ularni ifodalashdagi farqlari tahliliy tarzda yoritilgan. Xulosa sifatida, ko‘ptillilik insonni yanada bag‘rikeng, empatik va o‘zini anglovchi shaxsga aylantirishi ta’kidlanadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references