MAMLAKAT ELEKTRONIKA VA ELEKTROTEXNIKA SANOATIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI OPTIMALLASHTIRISH
Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston elektronika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda ishlab chiqarish zanjirlarining samaradorligini oshirish, raqamlashtirish va avtomatlashtirish asosida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan mexanizmlar tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda elektronika sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt va IoT (Internet of Things) texnologiyalarini joriy etish orqali korxonalar raqobatbardoshligi sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda. Tahlil natijalari asosida ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishning texnologik, tashkiliy va moliyaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Not yet translated