Skip to main content
Article

DUAL ANTIAGGREGANT TERAPIYANING YURAK-QON TOMIR ASORATLARINI KAMAYTIRISHDAGI O'RNI VA INDIVIDUAL YONDASHUV IMKONIYATLARI

Nematova Nasiba Baxodirxon qizi,Abdulkhamidov Abduvali Alisher o'g'liNamangan Impuls tibbiyot instituti talabasi,Namangan Impuls Tibbiyot instituti o'qituvchi
ABI

Abstract

Ikki komponentli antiaggregant davolash, ya’ni dual antiaggregant terapiya (DAT) – aspirin va ikkinchi antiaggregant preparat kombinatsiyasi yurak ishemik kasalliklarida takroran trombotik asoratlarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada miokard infarkti va stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarda DAT qo‘llashning klinik ahamiyati yoritiladi. Amerika Yurak Assotsiatsiyasi (AHA) hamda Yevropa Kardiologlar Jamiyati (ESC)ning so‘nggi ko‘rsatmalariga ko‘ra, o‘tkir koronar sindromdan keyin bir yil davomida ikki xil antiaggregant vosita berilishi tavsiya etiladi, shuningdek, barqaror stenokardiyada stent o‘rnatilgach kamida olti oyga, Yevropa Kardiologlar Jamiyati protokollarida esa 1 yilgacha DAT belgilanadi. DAT yurak-qon tomir hodisalar (takroriy infarkt, insult, stent trombozi va boshqalar) xavfini sezilarli kamaytiradi, biroq qon ketishi xavfini oshiradi. Shuning uchun davolash davomiyligi va tarkibini har bir bemorning individual trombotik va gemorragik xatarini inobatga olgan holda tanlash zarur. Mazkur maqolada ilmiy adabiyotlar va statistik ma’lumotlarga tayangan holda DATning foydali jihatlari, klinik natijalarga ta’siri va individual yondashuv strategiyalari ko‘rib chiqiladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references