Skip to main content
Article

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA TIJORAT BANKLARINING ROLI (HAMKORBANK MISOLIDA)

Akbarov Suxrob Rustamjon o'g'liO'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida tijorat banklarining, xususan “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining amaliy roli tahlil etilgan. Jahon moliyaviy tizimidagi globallashuv, kapital oqimlarining diversifikatsiyasi va investitsion raqobat sharoitida tijorat banklari moliyaviy vositachilik, investitsion risklarni boshqarish hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga hissa qo‘shmoqda. Tadqiqot davomida “Hamkorbank”ning Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamda Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan qo‘shma investitsion dasturlarini tahlil qilish asosida xorijiy kapitalni jalb etish samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bankning xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuvi nafaqat xorijiy investitsiyalar hajmini oshirgan, balki mamlakatda investitsion muhitning ishonchliligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references